А A
21:06:46 19.04.2024 Juma

10:43 | 24 May 2016

TATUda dasturlash bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tdi

Print Print
TATU

016-yilning 20—21-may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning hududiy filiallari va Toshkent shahridagi Inha universitetlari birinchi bosqich talabalari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha jamoaviy olimpiada” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ushbu musobaqa mamlakatda ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning faolligini oshirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash maqsadida uchinchi bor tashkil etildi.

Saralash natijalariga ko‘ra ikkinchi, final bosqichida Toshkent shahrining 13, Samarqand filialining  besh, Urganch filialining ikki, Farg‘ona filialining uch va Toshkent shahridagi Inha universitetining bitta jamoasi qatnashdi.

Birinchi o‘rinni TATUning Tashkent U of IT 2 jamoasi, ikkinchi pog‘onani Tashkent U of IT 1 jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin Inha universiteti jamoasiga nasib etdi.

Ishonch telefoni

phone2

+998 91 109 00 90

April 2024
M T W T F S S
« Nov    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930