А A
03:09:41 24.04.2024 Chorshanba

9:45 | 28 January 2016

ForumEconomics bo‘yicha 2016-yilgi YaIM o‘sishi: O‘zbekistonda +7,2 foiz, Rossiyada -0,2 foiz

Print Print
yaim11-680x400

ForumEconomics tahlilchilari 2016-yilda yalpi ichki mahsuloti hajmi eng tez va sust o‘sadigan mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan mamlakatlar 15 taligida 7,2 foizlik ko‘rsatkich bilan, Xitoy (kutilayotgan o‘sish — 6,5 foiz)ni ortda qoldirgani holda, yettinchi bo‘ldi. Reytingda birinchi o‘rinni Turkmaniston band etgan (kutilayotgan o‘sish — 8,8 foiz).

YaIM hajmi eng sust o‘sadigan mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni -4,8 foizlik ko‘rsatkich bilan Venesuela egalladi. 6-o‘rindan Belarus (-0,3 foiz), 7-o‘rindan Rossiya (-0,2 foiz) va 15-o‘rindan Ukraina joy olgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hukumati 2016-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,8 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda.

ForumEconomics — jahonning 127 mamlakati bo‘yicha iqtisodiy tahlil va prognozlar olib boradigan yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, mijozlari orasida General Motors, BMW, Coca-Cola, Lenovo, Nestle, Samsung, Toyota kabi yirik korporatsiyalar bor.

Телефон доверия

phone2

+998 91 109 00 90

April 2024
M T W T F S S
« Nov    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930