- Rishton paxta tozalash korhonasi - http://rishtonpaxta.uz -

ForumEconomics bo‘yicha 2016-yilgi YaIM o‘sishi: O‘zbekistonda +7,2 foiz, Rossiyada -0,2 foiz

Posted By admin On 28.01.2016 @ 09:45 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

ForumEconomics tahlilchilari 2016-yilda yalpi ichki mahsuloti hajmi eng tez va sust o‘sadigan mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi. [1]

O‘zbekiston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan mamlakatlar 15 taligida 7,2 foizlik ko‘rsatkich bilan, Xitoy (kutilayotgan o‘sish — 6,5 foiz)ni ortda qoldirgani holda, yettinchi bo‘ldi. Reytingda birinchi o‘rinni Turkmaniston band etgan (kutilayotgan o‘sish — 8,8 foiz).

YaIM hajmi eng sust o‘sadigan mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni -4,8 foizlik ko‘rsatkich bilan Venesuela egalladi. 6-o‘rindan Belarus (-0,3 foiz), 7-o‘rindan Rossiya (-0,2 foiz) va 15-o‘rindan Ukraina joy olgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hukumati 2016-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,8 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda [2].

ForumEconomics — jahonning 127 mamlakati bo‘yicha iqtisodiy tahlil va prognozlar olib boradigan yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, mijozlari orasida [3] General Motors, BMW, Coca-Cola, Lenovo, Nestle, Samsung, Toyota kabi yirik korporatsiyalar bor.


Article printed from Rishton paxta tozalash korhonasi: http://rishtonpaxta.uz

URL to article: http://rishtonpaxta.uz/forumeconomics-boyicha-2016-yilgi-yaim-osishi-ozbekistonda-72-foiz-rossiyada-02-foiz/

URLs in this post:

[1] tuzib chiqdi.: http://daryo.uz

[2] prognoz qilmoqda: http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-islom-karimovning-mamlakat-16-01-2016

[3] mijozlari orasida: http://www.focus-economics.com/clients

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.