- Rishton paxta tozalash korhonasi - http://rishtonpaxta.uz -

TATUda dasturlash bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tdi

Posted By admin On 24.05.2016 @ 10:43 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

016-yilning 20—21-may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning hududiy filiallari va Toshkent shahridagi Inha universitetlari birinchi bosqich talabalari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha jamoaviy olimpiada” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmati “Daryo [1]”ga xabar berdi. [2]

Ushbu musobaqa mamlakatda ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning faolligini oshirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash maqsadida uchinchi bor tashkil etildi.

Saralash natijalariga ko‘ra ikkinchi, final bosqichida Toshkent shahrining 13, Samarqand filialining  besh, Urganch filialining ikki, Farg‘ona filialining uch va Toshkent shahridagi Inha universitetining bitta jamoasi qatnashdi.

Birinchi o‘rinni TATUning Tashkent U of IT 2 jamoasi, ikkinchi pog‘onani Tashkent U of IT 1 jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin Inha universiteti jamoasiga nasib etdi.


Article printed from Rishton paxta tozalash korhonasi: http://rishtonpaxta.uz

URL to article: http://rishtonpaxta.uz/tatuda-dasturlash-boyicha-olimpiada-bolib-otdi/

URLs in this post:

[1] Daryo: http://daryo.uz

[2] xabar berdi.: https://daryo.uz/2016/05/23/tatuda-dasturlash-boyicha-olimpiada-bolib-otdi/

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.