А A
14:51:42 04.05.2024 Shanba

15:21 | 9 November 2015

O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash yaxshilanadi

Print Print
ўза-500x342

O‘zbekiston hukumati 2015—2017-yillar davrida qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish dasturi (pdf)ni tasdiqladi.

Hujjat qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqalrida talab yuqori bo‘lgan oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy yuroqi samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or usullarini faol joriy etish, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari pedagog kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Dasturga muvofiq, Toshkent davlat agrar universiteti tuzilmasida o‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiruvchi O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti markazi tashkil etiladi. Shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari tashkil etiladi.

Ishonch telefoni

phone2

+998 91 109 00 90

May 2024
M T W T F S S
« Nov    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031