А A
04:35:31 04.05.2024 Shanba

9:48 | 28 January 2016

O‘zbekiston Rossiya bozoriga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshiradi

Print Print
8f125d468c0984de617aeab4d9f403fa_L-650x461 (1)

Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligida Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Artyom Sinamdzgvrishvilining O‘zbekiston elchixonasi vakili bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi,deb yozadi “Review.uz”. Tomonlar O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari importini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, 2015-yilda O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hajmi 2014-yilga nisbatan 10,6 foizga o‘sgan.

Uchrashuv ishtirokchilari Rossiyada o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish va o‘z mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berishni ko‘paytirish istagini bildirgan o‘zbek korxonalariga yordam berish mexanizmlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oluvchi, hamkorlikni rivojlantirishning dastlabki rejasini belgilab oldi.

Muzokaralar yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Ishonch telefoni

phone2

+998 91 109 00 90

May 2024
M T W T F S S
« Nov    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031