А A
14:03:41 04.05.2024 Shanba

15:50 | 28 March 2016

31-mart kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ish boshlaydi

Print Print
senat2_230320122-620x380

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisi 2016-yil 31-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida, Senatning majlislar zalida ochiladi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Majlisda ishtirok etadigan Senat a’zolari 30-mart kuni soat 9:00 dan 18.00 ga qadar binoning foyesida ro‘yxatga olinadi.

Yalpi majlis to‘plash to‘g‘risidagi qaror Senat Kengashining 9-mart kuni o‘tkazilgan majlisida qabul qilingan edi.

Senatning yalpi majlisida mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotini isloh qilish hamda liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunlar, jumladan, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar, ayrim idoralar va muassasalar hisobotlari, shuningdek, Senatning prokuratura organlari faoliyatini nazorat qiluvchi komissiyasi tarkibi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Ishonch telefoni

phone2

+998 91 109 00 90

May 2024
M T W T F S S
« Nov    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031