А A
15:50:33 16.04.2024 Seshanba

16:18 | 18 November 2016

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Print Print
17-2

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda. Uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili I.Abrorov ochdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Dasturda mamlakatda rivojlangan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqni muhofaza qilishda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, bu borada fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan samarali hamkorlik mexanizmlarini keng qo‘llash, 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish, iqtisodiyot tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga yetkazish, iqtisodiyotning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish, investitsiyaviy faollikni kuchaytirishga doir strategik maqsadlar o‘z ifodasini topgan. Ijtimoiy sohani rivojlantirish, avvalo, qishloq aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh etish, xalqqa tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini oshirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Viloyatning barcha shahar va tumanlari markazlaridan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Ishonch telefoni

phone2

+998 91 109 00 90

April 2024
M T W T F S S
« Nov    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930