А A
09:15:13 19.04.2024 Juma

15:31 | 12 May 2016

O‘zbekistonning eksport salohiyati: joriy holati va istiqbollari

Print Print
18-may-biznes-anjuman

Mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirish dasturi doirasida 18-may kuni Toshkentda o‘zida interaktiv muzokaralarni aks ettirgan yangi formatdagi tadbir “Tovar va mahsulotlar eksporti” mavzusidagi amaliy biznes-anjuman o‘tkaziladi.

Mazkur tadbir mamlakatning turli hududlarida tekstil, qishloq xo‘jaligi, kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan ko‘plab ishtirokchilarni jalb qilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston juda yuqori eksport quvvatiga ega. Biroq buni amalga oshirish uchun korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga, boshqa davlatlarga taklif kiritish uchun o‘zlarining ishonchli hamkor sifatidagi o‘rinlariga ega bo‘lishlariga yo‘l ochishdek oqilona yondashuv lozim bo‘ladi. 18-may kuni o‘tkazilishi kutilayotgan “Tovar va mahsulotlar eksporti” biznes – konferensiyasi yuqorida aytib o‘tilgan masalalarni hal qilish va O‘zbekiston tadbirkorlarini tashqi savdo bozorlarida raqobatbardosh bo‘la olishdek kerakli bilimlar bilan qurollantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Tadbir nazariy va amaliy qismlardan iborat.

Tadbirning nazariy qismi o‘z ichiga tadbirga taklif etilgan uch nafar o‘zining keng amaliy malakasiga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli eksport strategiyasini o‘rnatgan spikerlar – Dmitriy Dichkovskiy, “Yorqin yechimlar” marketing agentligi asoschisi Igor Kachalov va eksport bozorlari bo‘yicha avstriyalik mutaxassis Maksimilian Foyedingerlarning chiqishini o‘z ichiga olgan.

Amaliy qismda panelli muhokama o‘tkazilib, O‘zbekistonda xalqaro malakalarni qo‘llash variantlari va imkoniyatlari maqsad qilingan, shuningdek, shu kabi masalalar ham muhokama qilinadi.

Tadbir joriy yilning 18-may kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi. Tadbir tashkilotchisi Be The Change Group kompaniyasi bo‘lib, hamkorlik qiluvchi tashkilotchi AMBiT (Xalqaro biznes assotsiatsiyasi), bosh tematik hamkor China Leasing Group’lardir.

“Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi

Ishonch telefoni

phone2

+998 91 109 00 90

April 2024
M T W T F S S
« Nov    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930