А A
05:14:46 29.04.2024 Dushanba

8:34 | 3 November 2015

O‘zbekiston nufuzli Legatum Institute tahlil instituti versiyasiga ko‘ra, dunyoning eng taraqqiy etayotgan mamlakatlari an’anaviy reytingida 57-o‘rinni saqlab qoldi, deb yozadi UzDaily.

Print Print
legatum-2015-prosperity-600x400-215x193

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyot kategoriyasida 66-o‘rin, ijtimoiy kapital sohasida 17, tadbirkorlik sohasida 93, ta’lim bo‘yicha 70, sog‘liqni saqlash bo‘yicha 62, xavfsizlik kategoriyasida 67, shaxsiy erkinlik bo‘yicha 55 hamda davlat boshqaruvi bo‘yicha 117-o‘rinni egalladi.

Reytingda O‘zbekiston Rossiya (58), Belarus (63), Qirg‘iziston (66), Ukraina (70), Turkiya (78), Hindiston (99) va Eron (106)ni ortda qoldirdi. Qozog‘iston indeksda 56-pog‘onada joylashdi.

Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar vakillari tomonidan yuqori baholangan ushbu reyting davlatlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, yalpi ichki mahsulot miqdori, shuningdek, mamlakat rivojlanishiga hissa qo‘shadigan alohida omillar kabi 79 ta turli yo‘nalish tahlili asosida tuziladi.

Iqtisodiyot, tadbirkorlik, boshqaruv, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, shaxs erkinligi va ijtimoiy kapital bo‘yicha alohida reytinglar ham tuzilgan. 2015-yilgi reytingdan jami 142 davlat o‘rin olgan.

Телефон доверия

phone2

+998 91 109 00 90

April 2024
M T W T F S S
« Nov    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930