А A
09:06:47 22.12.2024 Yakshanba

15:34 | 12 May 2016

Milliy bankda Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi tashkil etiladi

Print Print
13777766161

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi tashkil etiladi, deya xabar bermoqdaDaryo.uz” Vazirlar Mahkamasi qarori (pdf)ga tayanib.

Markaz jahon bozorlarini chuqur tahlil qilib, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganadi va shu asosda mahalliy iqtisodiyot aniq tarmoqlarining investitsiya faoliyati bo‘yicha mufassal tavsiyalar ishlab chiqadi, shuningdek, investitsiya loyihalarini shakllantirishda iqtisodiy va texnologik baholashlarni samarali tashkil etadi.

Markaz, shuningdek, xorijiy banklar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yirik investitsiya loyihalarini  moliyalashtirish uchun kreditlar va qarzlarni jalb etish yuzasidan hamkorlikni faollashtirish, yangi texnologiyalar sohasida hisobotlar va sharhlarni, shuningdek, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun takliflar tayyorlash, har haftalik jahon va mahalliy moliya indekslarini hamda tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sharhlash bilan shug‘ullanadi.

Markaz Muvofiqlashtirish guruhi bilan kelishgan holda O‘zmilliybank Boshqaruvi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi.

Ishonch telefoni

phone2

+998 91 109 00 90

December 2024
M T W T F S S
« May    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031