- Rishton paxta tozalash korhonasi - https://rishtonpaxta.uz -

Milliy bankda Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi tashkil etiladi

Posted By admin On 12.05.2016 @ 15:34 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi tashkil etiladi, deya xabar bermoqda [1]Daryo.uz [2]” Vazirlar Mahkamasi qarori (pdf [3])ga tayanib.

Markaz jahon bozorlarini chuqur tahlil qilib, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganadi va shu asosda mahalliy iqtisodiyot aniq tarmoqlarining investitsiya faoliyati bo‘yicha mufassal tavsiyalar ishlab chiqadi, shuningdek, investitsiya loyihalarini shakllantirishda iqtisodiy va texnologik baholashlarni samarali tashkil etadi.

Markaz, shuningdek, xorijiy banklar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yirik investitsiya loyihalarini  moliyalashtirish uchun kreditlar va qarzlarni jalb etish yuzasidan hamkorlikni faollashtirish, yangi texnologiyalar sohasida hisobotlar va sharhlarni, shuningdek, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun takliflar tayyorlash, har haftalik jahon va mahalliy moliya indekslarini hamda tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sharhlash bilan shug‘ullanadi.

Markaz Muvofiqlashtirish guruhi bilan kelishgan holda O‘zmilliybank Boshqaruvi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi.


Article printed from Rishton paxta tozalash korhonasi: https://rishtonpaxta.uz

URL to article: https://rishtonpaxta.uz/milliy-bankda-jahon-bozorlari-investitsiyalar-va-texnologiyalarni-tahlil-qilish-markazi-tashkil-etiladi/

URLs in this post:

[1] deya xabar bermoqda: https://daryo.uz/2016/05/12/milliy-bankda-jahon-bozorlari-investitsiyalar-va-texnologiyalarni-tahlil-qilish-markazi-tashkil-etiladi/

[2] Daryo.uz: http://daryo.uz

[3] pdf: http://lex.uz/Pages/GetPDF.aspx?file=2949554.pdf

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.