YANGILIKLAR
15:21 | 9 November 2015
O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash yaxshilanadi
O‘zbekiston hukumati 2015—2017-yillar davrida qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish dasturi (pdf)ni tasdiqladi. Hujjat qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqalrida talab yuqori bo‘lgan oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy yuroqi samarali pedagogika va […]
Batafsil15:23 | 8 November 2015
O‘zbekistonlik seysmolog-olimlar Toshkentdagi yer silkinishlari arafasida itlar ustida tajriba o‘tkazdi
Hayvonlar o‘z instinkti darajasiga ko‘ra tabiiy ofat, masalan, zilzilaning yaqinlashishini sezishi mumkin, deydi “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi laboratoriya rahbari Turdiali Ortiqov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida. Ortiqovning qayd etishicha, insoniyat tarixidagi eng vayronkor yerosti silkinishlaridan biri — 1948-yilgi Ashxobod zilzilasi yuz berishidan avval ayrim cho‘ponlar yer yuzasida bezovta o‘rmalab yurgan ko‘plab ilonlarni ko‘rgan. “Ammo, afsuski, Toshkentda yuz […]
Batafsil8:34 | 3 November 2015
O‘zbekiston nufuzli Legatum Institute tahlil instituti versiyasiga ko‘ra, dunyoning eng taraqqiy etayotgan mamlakatlari an’anaviy reytingida 57-o‘rinni saqlab qoldi, deb yozadi UzDaily.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyot kategoriyasida 66-o‘rin, ijtimoiy kapital sohasida 17, tadbirkorlik sohasida 93, ta’lim bo‘yicha 70, sog‘liqni saqlash bo‘yicha 62, xavfsizlik kategoriyasida 67, shaxsiy erkinlik bo‘yicha 55 hamda davlat boshqaruvi bo‘yicha 117-o‘rinni egalladi. Reytingda O‘zbekiston Rossiya (58), Belarus (63), Qirg‘iziston (66), Ukraina (70), Turkiya (78), Hindiston (99) va Eron (106)ni ortda qoldirdi. Qozog‘iston indeksda 56-pog‘onada […]
Batafsil8:35 | 2 November 2015
Samarqand chorrahalarida yo‘l harakatini kuzatuvchi kameralar ish boshladi
Samarqand shahrining Bog‘ishamol ko‘chasidagi, Amir Temur haykali oldidagi chorrahalarga va Registon maydoni oldidagi ko‘cha bo‘ylab videokuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda. Rossiyadan olib kelingan kuzatuv kameralarini keyinchalik shaharning yana yetti nuqtasiga, xususan, Mirzo Ulug‘bek, Oydin yo‘l, Gagarin va Rudakiy ko‘chalari chorrahalariga o‘rnatish rejalashtirilgan. Qayd etishlaricha, kameralar yordamida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avariya holatlari […]
Batafsil8:38 | 1 November 2015
Koreya shifokorlari Farg‘onada aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi
Janubiy Koreyaning Vision Care Service xalqaro tashkiloti shifokorlaridan iborat delegatsiya 1—6-noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi UzDaily. Tashrif doirasida 800 dan ziyod kishiga tashhis qo‘yish, 100 kishiga kataraktani olib tashlash va ko‘z gavharini almashtirishdan iborat tibbiy amaliyotlar o‘tkazish, mahalliy oftalmolog-shifokorlarga mahorat saboqlari berilishi ko‘zda […]
Batafsil