А A
17:59:42 05.02.2025 Chorshanba

15:29 | 12 May 2016

O‘zbekistonlik talaba sayohatga sherik topishga yordam beradigan mobil dastur yaratdi

Print Print

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-kurs talabasi Shuhrat A’zamov o‘zi ishlab chiqqan yangi mobil dasturni taqdim etdi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

 

“Men ‘Dovezu.uz’ yangi mobil dasturini ishlab chiqdim, — dedi yosh ixtirochi. — Bu dastur birgalikda sayohat qilish uchun hamroh topishga yordam beradi”.

Eslatib o‘tamiz, yarmarkada namoyish etilayotgan yangiliklarning 130 tasi sanoat, 116 tasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarni hal etishga qaratilgan, 130 dan ziyod ishlanma va ilg‘or texnologiyalar sog‘liqni saqlash va farmatsevtika uchun mo‘ljallangan, 89 tasi axborot texnologiyalari, yana 34 tasi ilm-fan va ta’lim sohasidagi yangi dasturiy mahsulotlardir.

Ishonch telefoni

phone2

+998 91 109 00 90

February 2025
M T W T F S S
« May    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728