А A
17:56:28 05.02.2025 Chorshanba

15:27 | 9 November 2015

O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishini 8% darajasida saqlab qolmoqchi

Print Print
xjZSuK14150373496804_b-640x427

O‘zbekiston 2015—2020-yillarda yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishini 8 foiz darajasida saqlab qolish niyatida. Bu haqda Toshkentdagi Xalqaro investitsiya forumida bosh vazir birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov ma’lum qildi,Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi..

“Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish natijasida har yili yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishini kamida 8 foiz darajada ta’minlashni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Rustam Azimov.

Uning ta’kidlashicha, ushbu ro‘yxatga umumiy qiymati 51 milliard dollarga teng iqtisodiyotning sanoat sektoridagi, shuningdek, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va O‘zbekistonning tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar kiradi.

Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, belgilangan dasturlarning amalga oshirilishi 2021-yilgacha sanoat ishlab chiqarishining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 9 foiz bo‘lishini ta’minlaydi, bunda YaIM tarkibidagi sanoat sektorining hissasi 30 foizgacha o‘sishi kerak (2014-yil yakunlariga ko‘ra — 24 foiz).

Ishonch telefoni

phone2

+998 91 109 00 90

February 2025
M T W T F S S
« May    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728