А A
02:43:53 23.12.2024 Dushanba

Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi

Давно выяснено, что при оценке дизайна и композиции читаемый текст мешает сосредоточиться. Lorem Ipsum используют потому, что тот обеспечивает более или менее стандартное заполнение шаблона, а также реальное распределение букв и пробелов в абзацах, которое не получается при простой дубликации "Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.." Многие программы электронной вёрстки и редакторы HTML используют Lorem Ipsum.

Batafsil
onlayn-qabul qabulga-yozilish main_right_3

PAXTA TOZALASH KORHONALARINING TEXNOLOGIK SHEMASI

ценке дизайна и композиции читаемый текст мешает сосредоточиться. Lorem Ipsum используют потому, что тот обеспечивает более или менее стандартное заполнение шаблона, а также реальное распределение букв и пробелов в абзацах, которое не получается при простой дубликации "Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.." Многие программы электронной вёрстки и редакторы HTML используют Lorem Ipsum.
...

Paxta tozalash korxonasining na’munaviy texnologik sxemasi

YANGILIKLAR

Arhiv
szKJ2sAWxBiKEUs2T6EReztXd1sfP5kb

10:06 | 14 January 2017

Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilariga bayram tabrigi yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi yo‘lladi. Tabrik matnini Daryo.uz

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Qadrli yurtdoshlar!

Shu kunlarda butun xalqimiz mamlakatimiz hayotidagi buyuk tarixiy sanani bayram qilmoqda. Ya’ni, Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Ana shu qutlug‘ ayyom bilan o‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bugun, mana shu shonli bayram kunida buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasiga barchamiz yana bir bor hurmat bajo keltiramiz. O‘tgan 25 yil davomida Qurolli Kuchlarimizni barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritgan beqiyos yutuqlarimiz aziz Yurtboshimizning nomi bilan chambarchas bog‘liq ekanini chuqur minnatdorchilik bilan esga olamiz.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan birinchi kunlarda aynan Islom Abdug‘aniyevich namoyon etgan prinsipial pozitsiya, siyosiy iroda va azmu shijoat tufayli milliy armiyamizga asos solindi. 1992-yil 14-yanvarda yurtimiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga o‘tkazildi. Mana, 25 yildirki, ana shu tarixiy kun Qurolli Kuchlarimiz poydevori qo‘yilgan, istiqlolimiz solnomasiga oltin harflar bilan yozilgan buyuk sana sifatida bayram qilinmoqda.

Birinchi Prezidentimiz o‘sha og‘ir yillarda “O‘zining buyuk tarixi va ajdodlariga munosib voris bo‘lgan xalqimiz mamlakat xavfsizligini ta’minlashga qodir armiyani yarata oladi”, deb katta ishonch bilan aytgan edilar.

Bugungi kunda ana shu ulkan ishonchga har tomonlama loyiq bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganini barchamiz ko‘rib turibmiz.

Haqiqatan ham, tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, chegaralarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiya barpo etildi, deb g‘urur va iftixor bilan aytishga bugun barcha asoslarimiz bor.

Sobiq Ittifoq hududida turli qurolli to‘qnashuv va qarama-qarshiliklar yuz berayotgan g‘oyat murakkab sharoitda O‘zbekiston Qurolli Kuchlariga asos solingani, hech mubolag‘asiz aytish mumkin, yosh davlatimizni qurish jarayonida hal etilgan buyuk vazifalardan biri bo‘ldi. Aynan milliy armiyamiz mamlakatimizda erkin, ozod va farovon hayot bunyod etish, demokratik islohotlarni samarali amalga oshirish yo‘lida ishonchli kafolat, tog‘dek tayanch bo‘lib kelmoqda.

Albatta, mustaqillikning ilk yillarida barcha sohalar kabi harbiy yo‘nalishda ham ko‘plab og‘ir muammolar to‘planib qolgan edi. Avvalo, qo‘shinlarning moddiy-texnik ta’minot tizimi talab darajasida emas edi. Harbiy tuzilmalar o‘zining qurilishi va jangovar tarkibi bo‘yicha yangi paydo bo‘lgan tahdidlar oldida zaif edi. Eng mushkul muammo — malakali harbiy kadrlar yetishmasdi. Shuning uchun milliy armiyamizni barpo etish va isloh qilish bo‘yicha har tomonlama chuqur o‘ylangan va uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiya ishlab chiqildi.

O‘tgan chorak asr davomida ana shu strategiya asosida, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va Mudofaa doktrinasi doirasida ko‘p ishlar qilindi. Yuz berishi mumkin bo‘lgan harbiy harakatlar teatri va uning real xususiyatlari, ilg‘or xorijiy tajribalar har tomonlama hisobga olindi. Shu asosda ixcham, yaxshi ta’minlangan, yuksak jangovar ruhga ega bo‘lgan milliy armiyamiz barpo etildi.

Qisqa muddatda harbiy okruglar, chegara mintaqalari, shuningdek, jangovar qobiliyatga ega qo‘shin guruhlari, birinchi navbatda, murakkab jangovar operatsiyalarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan Ichki vazifalar korpusi va Maxsus operatsiyalar bo‘yicha kuchlar tashkil etildi.

Bugungi kunda harbiy boshqaruvning samarali tizimi shakllantirildi. Qurolli Kuchlar tarkibida turli qo‘shinlarning o‘zaro muvofiq holda va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlaydigan mexanizmlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi prinsipial jihatdan mutlaqo yangi asosga o‘tkazildi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida mahalliy ofitser kadrlar yurtimizdagi harbiy xizmatchilar umumiy sonining — shunga e’tibor bering — atigi 0,6 foizini tashkil etardi. Ofitserlarni tayyorlash esa uchta harbiy bilim yurtida va bor-yo‘g‘i uchta harbiy mutaxassislik bo‘yicha olib borilar edi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida qo‘shimcha ravishda yangi, zamonaviy uchta harbiy ta’lim muassasasi tashkil etildi, kursantlarni o‘qitish tizimi esa ko‘p tarmoqli asosda yo‘lga qo‘yildi.

Yuqori bo‘g‘in qo‘mondonlik ofitserlarini tayyorlash hamda mudofaa qurilishi sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha eng zarur vazifalar samarali hal etilmoqda. Bu borada ayniqsa 1995-yilda tashkil etilgan Qurolli Kuchlar akademiyasi g‘oyat muhim o‘rin egallab kelmoqda.

Shuningdek, armiyaning asosiy tayanchi bo‘lgan serjantlar korpusini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Serjantlarni o‘qitish 2001-yilda ilg‘or xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan serjantlar tayyorlash maktablarida 26 ta yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha olib borilmoqda.

Qadrli do‘stlar!

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tizimini isloh qilish bo‘yicha ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida jamiyatimizning armiyaga bo‘lgan munosabati tubdan o‘zgardi.

Milliy armiyamiz tashkil etilgan dastlabki yillarda harbiy qismlarni yosh askarlar bilan to‘ldirishda jiddiy muammolar mavjud edi. Sobiq sho‘ro tuzumida armiyada xizmat qilgan katta avlod vakillari yaxshi biladi, o‘sha paytda harbiy xizmatni o‘tash, ayniqsa, O‘zbekiston yoshlari uchun og‘ir tashvish va mashaqqat edi. Chunki, yurtimiz yoshlari asosan qurilish batalonlariga qora ishchi sifatida yuborilardi.

Harbiy qismlardagi nosog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit, ustav qoidalariga zid bo‘lgan munosabatlar tufayli qancha-qancha navqiron yigitlar, ota-onalar jabr chekkani — bular hammasi haqiqat.

Yangi milliy armiyani yaratishda bunday salbiy illatlarga mutlaqo chek qo‘yish kerak edi. Shu maqsadda bir necha yillar davomida izchil ish olib borildi. Jumladan, muddatli harbiy xizmat bir yil etib belgilandi, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, oziq-ovqat ta’minoti tubdan yaxshilandi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, rezervga bo‘shatilgan yoshlarning ishga joylashishi va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi bilan bog‘liq imtiyozlar tizimi belgilandi. Bularning barchasi harbiy jamoalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit shakllanib, yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatning nufuzi keskin oshishida muhim omil bo‘ldi.

Ana shu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida fuqarolarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashini nazarda tutadigan o‘ziga xos noyob tizim yaratildi. Bu tizimda yoshlar nafaqat zarur harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi, balki jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqadi. Ular o‘zlarining fuqarolik mas’uliyati, Vatan himoyachisi sifatidagi muqaddas yigitlik burchini chuqur anglab, o‘z yurtiga fidoyi inson bo‘lib yetishadi.

Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yo‘lda erishgan eng katta yutug‘imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz g‘urur bilan, minnatdorchilik bilan e’tirof etmoqda.

Hozirgi kunda onalar o‘z farzandlarini armiyaga ko‘zda yosh, yurakda xavotir bilan emas, balki mening o‘g‘lim haqiqiy Vatan himoyachisi bo‘ladi, deb, yuksak ishonch va faxr tuyg‘usi bilan kuzatmoqda.

Onalar ko‘nglidagi rozilik — bu butun xalqimiz qalbidagi rozilik ifodasi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.

Hurmatli yurtdoshlar!

Milliy armiyamiz rivojlanib borishi bilan uni qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash bo‘yicha ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qo‘shinlar zamonaviy va modernizatsiya qilingan o‘q otar va og‘ir qurollar, vertolyotlar, samolyotlar, havo hujumidan mudofaa vositalari, avtomobil va bronetexnikalar, aloqa vositalari bilan ta’minlanmoqda.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish, harbiy shaharchalarda zamon talablariga javob beradigan ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda kompleks dasturlar amalga oshirilmoqda. Ana shu dasturlar doirasida 15 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar oilasi uy-joy bilan ta’minlangani, ayniqsa, e’tiborlidir.

Hech shubhasiz, biz bu yo‘nalishdagi tizimli ishlarni kelgusida ham izchil davom ettiramiz.

Mustaqillik yillarida Qurolli Kuchlar ustidan fuqarolik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha samarali mexanizm ishlab chiqildi. Bu mexanizm milliy armiya faoliyatida ochiqlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, harbiy qurilish sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, harbiy xizmatchilar va chaqiruv yoshidagi farzandlarimizni tarbiyalashga fuqarolik institutlari va jamoat tashkilotlarini keng jalb etishda muhim rol o‘ynamoqda. Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari, Mudofaa vazirligi huzurida 2012-yilda tashkil etilgan Jamoatchilik kengashi bugungi kunda Qurolli Kuchlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda.

Bularning barchasi milliy armiyamizni xalqimizga, xalqimizni milliy armiyamizga yanada yaqinlashtirishdek g‘oyat muhim maqsadga xizmat qilmoqda.

Fursatdan foydalanib, Qurolli Kuchlarimizni barpo etish, uning jangovar qudratini oshirish yo‘lida fidokorona mehnat qilgan harbiylarimizga, shu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Muhtaram do‘stlar!

Hozirgi vaqtda jahonda va mintaqamizda harbiy-siyosiy vaziyat keskin o‘zgarib, milliy va global xavfsizlik sohasida xatar va tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Ana shunday o‘ta mas’uliyatli vaziyat va hayotning o‘zi erishgan barcha yutuqlarimizni, shu bilan birga, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimizni chuqur va tanqidiy tahlil qilishni barchamizdan talab etmoqda. Shu asosda milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasida puxta o‘ylangan va izchil harakatlarni davom ettirishimiz darkor.

Birinchidan, milliy xavfsizlik kabi o‘ta muhim sohani qonun talablari asosida boshqarish samarasini oshirish bizning ustuvor vazifalarimiz qatoriga kiradi. Afsuski, bu sohadagi ko‘plab hujjatlarimiz hozirgi davr talablariga javob bermayapti.

Biz milliy xavfsizlikni ta’minlashda strategik rejalashtirish bo‘yicha aniq davlat tizimini barpo etishga ob’ektiv zarurat sifatida ehtiyoj sezmoqdamiz.

Ushbu tizimda doimo yangilanib boradigan Milliy xavfsizlik konsepsiyasi markaziy o‘rinni egallashi shart. Mazkur konsepsiyada O‘zbekiston tashqi siyosatiga xos moslashuvchanlik va ochiqlik tamoyillari, bizning yaqin qo‘shnilarimiz bilan konstruktiv munosabatlarni rivojlantirish ustuvor vazifa ekani aks ettirilishi darkor. Ayni vaqtda Vatanimiz mustaqilligi va suvereniteti, xalqimizni madaniy-tarixiy o‘ziga xosligini asrash bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar belgilab berilishi kerak.

Shu munosabat bilan muhim bir yondashuvni yana bir bor ta’kidlashni o‘rinli, deb bilaman: hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning harbiy baza va ob’ektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik, harbiy xizmatchilarimizning xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaslik siyosatiga sodiq qolish bundan buyon ham mamlakatimizning prinsipial pozitsiyasi bo‘lib qoladi.

Jahonda va mintaqada vaziyatning rivojlanish dinamikasini hisobga oladigan bo‘lsak, vujudga keladigan xavf-xatar va tahdidlarga munosib zarba berish zarurati, shuningdek, bizning ustuvor vazifa va imkoniyatlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasini qayta ishlab chiqishni talab etadi.

Faqat ana shunday tizimli yondashuv biz uchun milliy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona, muvofiqlashtirilgan va izchil strategiyani ishlab chiqish, mavjud resurs va mablag‘larni ustuvor maqsadlarga yo‘naltirish, ularni behuda sarflamaslik, ikkinchi darajali vazifalarga chalg‘ib ketmaslik imkonini beradi.

Ikkinchidan, Qurolli Kuchlar qurilishining tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish lozim. Harbiy qurilish sohasida to‘plangan tajribani hisobga olgan holda, har qaysi harbiy okrugning tarkibiy tuzilishi va vazifalarini aniqlash darkor. Bu borada ulardan aynan qaysi vazifalarni hal etish uchun foydalanish kerakligi, qo‘shinlarning qo‘llanish va shuningdek, operatsiyalarni o‘tkazish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratish zarur. Shu bilan birga, bizning “havo qalqonimiz” – Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘shinlarini optimallashtirish vazifasi ham katta e’tibor va resurslarni safarbar etishni talab qiladi.

Qisqa muddatda ularning tashkiliy tuzilishi va boshqaruv tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularni zamonaviy texnika va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Uchinchidan, qo‘shinlarni tayyorlash borasidagi tadbirlarni rejalashtirishga oid yangicha yondashuvni ishlab chiqish muhim ahamiyatga egadir. Bu tadbirlar avvalambor harbiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarga, ularning tayyorgarlik va ta’minlanish darajasiga mos bo‘lishi zarur.

Biz uchun bu boradagi yakuniy mezon — amaliy natija, ya’ni, butun e’tiborni Qurolli Kuchlarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligini real oshirishga, ularning yuqori darajadagi uyushqoqligi va samarali hamkorligiga qaratishdan iborat.

To‘rtinchidan, barcha bo‘g‘indagi professional harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bizning e’tiborimiz markazida bo‘lib qolishi zarur.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar akademiyasini tashkil etish bu yo‘nalishdagi birinchi qadam bo‘lishi darkor. Ushbu o‘quv maskani Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining shonli harbiy an’analarini va hozirgi mavjud akademiya hamda mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida to‘plangan faoliyat tajribasini o‘ziga qamrab olishi kerak.

Ishonchim komil, bu akademiya harbiy ta’limning yagona tizimida haqiqatan ham asosiy o‘rinni egallaydi, tom ma’noda harbiy ilm-fan markaziga aylanadi. Akademiyada leytenantlar tayyorlash, faoliyat ko‘rsatayotgan ofitserlar malakasini oshirish va shuningdek, armiyamiz boshqaruv tarkibidagi qo‘mondonlik kadrlarini maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish davom ettiriladi.

Bu vazifani amalga oshirishda biz ta’lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalarni joriy etishimiz, o‘quv auditoriyalarini zamonaviy trenajyorlar, o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlashimiz lozim.

Akademiya tinglovchilarining umumiy madaniyatini oshirish, ularning dam olishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha qulay sharoitlarni yaratishimiz darkor.

Bu jarayonda harbiy bilim yurtida haqiqatan ham ta’lim olishga munosib, yuksak aql-zakovat va yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlarni aniqlash uchun ularni o‘qishga tanlab olishda talabni oshirish lozim. Shu maqsadda mamlakatimizning har bir mintaqasida ikki-uchtadan kollej va litseyni belgilab qo‘yish kerak. Ana shu kollej va litseylar o‘zlarining asosiy vazifalari bilan birga, oliy harbiy o‘quv yurtlariga kiradigan yoshlarni chuqur tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, barcha oliy harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibini tayyorlash, jumladan, ularning xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Beshinchidan, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan qayta ta’minlash — bugungi va istiqboldagi eng muhim vazifamizdir.

Afsuski, bu masala biz kutgan darajada jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmayapti.

Shu munosabat bilan birinchi galdagi vazifa sifatida 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks dastur ishlab chiqishimiz kerak. Unda harbiy ahamiyatga ega mahsulotlar sotib olish, mavjud texnika vositalarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish, bu boradagi ishlarni maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha aniq tadbirlar ko‘zda tutilishi darkor.

Mamlakatimizda harbiy sanoat majmuasini barpo etish vaqti keldi, deb hisoblayman. Shu nuqtai nazardan, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A. J. Ramatov boshchiligida mudofaa sanoati sohasida yagona siyosatni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli davlat organini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Uning tarkibiga Mudofaa vazirligining ta’mirlash bo‘yicha barcha korxonalarini, shuningdek, Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi hamda o‘q-dori tayyorlaydigan “Vostok” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini o‘tkazish zarur.

Kelgusida ana shu korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bilan birga, ilmiy-ishlab chiqarish bazasini yaratish, servis markazlari va qo‘shma korxonalar tashkil etishga, shuningdek, mamlakatimizning yetakchi korxonalarida harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga alohida e’tibor qaratish kerak.

Oltinchidan, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor. Bu sohada qabul qilingan davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni ishlab chiqish ob’ektiv zaruratga aylanganini bugun yaqqol his etmoqdamiz.

Shu maqsadda xizmatni o‘tash tartibi, front orti ta’minoti, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga qaratilgan, ko‘pdan buyon hayot talabiga aylangan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tezlashtirish muhim ahamiyatga ega. “Harbiy xizmatni, ichki ishlar va bojxona idoralarida xizmatni o‘tagan shaxslar hamda ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish zarur, deb hisoblayman.

Ma’lumki, mamlakatimizda joriy etilgan, yakka tartibda uy-joylar qurish uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish bo‘yicha yangi tizim bugungi kunda ijobiy natija bermoqda.

Ana shu tizimni harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ham keng joriy etish zarur.

Shu yilning o‘zida mamlakatimizning barcha mintaqalarida harbiy xizmatchilarning oilalari uchun ularga imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan uch qavatli 56 ta uy-joy binosini barpo etamiz.

Yettinchidan, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga egadir.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rishimiz shart.

Ana shu murakkab ishda armiya saflarida mardlik va matonat, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish maktabini o‘tagan navqiron o‘g‘lonlarimiz ishonchli tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarma va bo‘limlar bunday yoshlar bilan doimo aloqada bo‘lishi kerak. Mazkur boshqarma va bo‘limlarning bu yo‘nalishdagi va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish muhim ahamiyatga egadir.

Shu borada Bosh vazir A. N. Aripov boshchiligida muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha respublika komissiyasini, joylarda esa bevosita hokimlar rahbarligida viloyat, shahar va tuman komissiyalarini tashkil etish yana bir amaliy qadam bo‘lur edi.

Sizlarga yaxshi ma’lumki, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ko‘pgina yutuqlarga erishmoqda. Shuni e’tiborga olgan holda, viloyat hokimliklari tarkibida ushbu kengashning mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish orqali uning imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Bu bo‘linmalarning ishini harbiy okruglar qo‘mondonligi bilan yaqin hamkorlikda tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Qadrli do‘stlar!

Hozirgina bayon qilingan barcha vazifalarni qat’iy va izchil amalga oshirish bizdan milliy armiyamizni yanada isloh etish, uning salohiyati va jangovar qobiliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish va chuqurlashtirish borasida butun kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi. Aynan shuning uchun mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining boshqa sohalari kabi ushbu yo‘nalishdagi dolzarb vazifalar ham hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasini 2017—2021-yillarda rivojlantirish Harakat strategiyasida aniq belgilab berilmoqda.

Ana shu o‘ta muhim hujjatga binoan mudofaa sohasidagi qonunchilik bazasi, qo‘shin guruhlarining jangovar tarkibi, tashkiliy tuzilmasi, harbiy kadrlarni tayyorlash va ularning safini to‘ldirish samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi. Shuningdek, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan qurollantirish hamda ularni har tomonlama ta’minlash masalalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlar qabul qilinadi va amalga oshiriladi.

Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Mana shu qutlug‘ ayyomda harbiy sohada o‘zining mas’uliyatli va sharafli burchini munosib ado etayotgan mard o‘g‘lonlarimiz – askar va ofitserlar, barcha Vatan posbonlari, ularning ota-onalariga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram — Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 25 yillik sanasi bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga baxtu saodat, Vatanni himoya qilishdek olijanob faoliyatingizda kuch-g‘ayrat va yutuqlar tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni

Manba Daryo.uz

Batafsil
Arhiv

Ishonch telefoni

phone2

+998 91 109 00 90

January 2017
M T W T F S S
« Nov   Jan »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031