Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi
Давно выяснено, что при оценке дизайна и композиции читаемый текст мешает сосредоточиться. Lorem Ipsum используют потому, что тот обеспечивает более или менее стандартное заполнение шаблона, а также реальное распределение букв и пробелов в абзацах, которое не получается при простой дубликации "Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.." Многие программы электронной вёрстки и редакторы HTML используют Lorem Ipsum.
BatafsilPaxta tozalash korxonasining na’munaviy texnologik sxemasi
YANGILIKLAR
Arhiv15:34 | 12 May 2016
Milliy bankda Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi tashkil etiladi, deya xabar bermoqda “Daryo.uz” Vazirlar Mahkamasi qarori (pdf)ga tayanib.
Markaz jahon bozorlarini chuqur tahlil qilib, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganadi va shu asosda mahalliy iqtisodiyot aniq tarmoqlarining investitsiya faoliyati bo‘yicha mufassal tavsiyalar ishlab chiqadi, shuningdek, investitsiya loyihalarini shakllantirishda iqtisodiy va texnologik baholashlarni samarali tashkil etadi.
Markaz, shuningdek, xorijiy banklar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar va qarzlarni jalb etish yuzasidan hamkorlikni faollashtirish, yangi texnologiyalar sohasida hisobotlar va sharhlarni, shuningdek, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun takliflar tayyorlash, har haftalik jahon va mahalliy moliya indekslarini hamda tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sharhlash bilan shug‘ullanadi.
Markaz Muvofiqlashtirish guruhi bilan kelishgan holda O‘zmilliybank Boshqaruvi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi.
Batafsil15:31 |
O‘zbekistonning eksport salohiyati: joriy holati va istiqbollari
Mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirish dasturi doirasida 18-may kuni Toshkentda o‘zida interaktiv muzokaralarni aks ettirgan yangi formatdagi tadbir “Tovar va mahsulotlar eksporti” mavzusidagi amaliy biznes-anjuman o‘tkaziladi.
Mazkur tadbir mamlakatning turli hududlarida tekstil, qishloq xo‘jaligi, kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan ko‘plab ishtirokchilarni jalb qilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston juda yuqori eksport quvvatiga ega. Biroq buni amalga oshirish uchun korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga, boshqa davlatlarga taklif kiritish uchun o‘zlarining ishonchli hamkor sifatidagi o‘rinlariga ega bo‘lishlariga yo‘l ochishdek oqilona yondashuv lozim bo‘ladi. 18-may kuni o‘tkazilishi kutilayotgan “Tovar va mahsulotlar eksporti” biznes – konferensiyasi yuqorida aytib o‘tilgan masalalarni hal qilish va O‘zbekiston tadbirkorlarini tashqi savdo bozorlarida raqobatbardosh bo‘la olishdek kerakli bilimlar bilan qurollantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Tadbir nazariy va amaliy qismlardan iborat.
Tadbirning nazariy qismi o‘z ichiga tadbirga taklif etilgan uch nafar o‘zining keng amaliy malakasiga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli eksport strategiyasini o‘rnatgan spikerlar – Dmitriy Dichkovskiy, “Yorqin yechimlar” marketing agentligi asoschisi Igor Kachalov va eksport bozorlari bo‘yicha avstriyalik mutaxassis Maksimilian Foyedingerlarning chiqishini o‘z ichiga olgan.
Amaliy qismda panelli muhokama o‘tkazilib, O‘zbekistonda xalqaro malakalarni qo‘llash variantlari va imkoniyatlari maqsad qilingan, shuningdek, shu kabi masalalar ham muhokama qilinadi.
Tadbir joriy yilning 18-may kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi. Tadbir tashkilotchisi Be The Change Group kompaniyasi bo‘lib, hamkorlik qiluvchi tashkilotchi AMBiT (Xalqaro biznes assotsiatsiyasi), bosh tematik hamkor China Leasing Group’lardir.
“Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi
Batafsil15:29 |
O‘zbekistonlik talaba sayohatga sherik topishga yordam beradigan mobil dastur yaratdi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-kurs talabasi Shuhrat A’zamov o‘zi ishlab chiqqan yangi mobil dasturni taqdim etdi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
“Men ‘Dovezu.uz’ yangi mobil dasturini ishlab chiqdim, — dedi yosh ixtirochi. — Bu dastur birgalikda sayohat qilish uchun hamroh topishga yordam beradi”.
Eslatib o‘tamiz, yarmarkada namoyish etilayotgan yangiliklarning 130 tasi sanoat, 116 tasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarni hal etishga qaratilgan, 130 dan ziyod ishlanma va ilg‘or texnologiyalar sog‘liqni saqlash va farmatsevtika uchun mo‘ljallangan, 89 tasi axborot texnologiyalari, yana 34 tasi ilm-fan va ta’lim sohasidagi yangi dasturiy mahsulotlardir.
Batafsil