Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi
Давно выяснено, что при оценке дизайна и композиции читаемый текст мешает сосредоточиться. Lorem Ipsum используют потому, что тот обеспечивает более или менее стандартное заполнение шаблона, а также реальное распределение букв и пробелов в абзацах, которое не получается при простой дубликации "Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.." Многие программы электронной вёрстки и редакторы HTML используют Lorem Ipsum.
BatafsilPaxta tozalash korxonasining na’munaviy texnologik sxemasi
YANGILIKLAR
Arhiv14:16 | 29 October 2015
31-oktabr va 1—2-noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Bu haqda, “O‘zgidromet”ga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
31-oktabr kuni yomg‘ir yog‘ishi, 1—2-noyabr kunlari esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi soniyasiga 15—20 metrga yetishi prognoz qilinmoqda.
3-noyabr kuni mamlakatda yog‘ingarchilik kutilmayapti. Bu kunga kelib havo harorati kechasi Selsiy bo‘yicha -3…-5 darajagacha, kunduzi esa +5…+7 darajagacha soviydi. Mamlakat shimolida havo harorati kechasi -8…-10 daraja, kunduzi 0…+2 darajagacha sovishi kutilmoqda.
31-oktabr va 1—2-noyabr kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Batafsil12:19 |
O‘zbekistonda paxta tolasini qabul qilish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27-oktabr kuni farmon imzoladi. Farmon matnini O‘zA e’lon qildi.
Unga ko‘ra, kompaniya paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlash, paxta tolasini jahon bozori talablaridan kelib chiqqan holda eksport qilish bo‘yicha yagona kompleksni yaratish, paxta va yog‘-moy mahsulotlarining sifatini hamda raqobatdoshligini oshirish, shuningdek, respublikaning paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, jumladan, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida tuziladi.
Xolding kompaniyasi tarkibiga aksiyadorlik jamiyati shaklidagi quyidagi birlashmalar kiradi:
— paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo‘yicha – tugatilayotgan “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi negizida tashkil etilayotgan “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari, ushbu aksiyadorlik jamiyatiga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini topshirish hisobiga uning ustav fondi shakllantiriladi;
— paxta tolasini saqlash va eksport qilishni ta’minlash bo‘yicha – “O‘zpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyati, uning ustav fondi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi tashqi savdo kompaniyalarining paxta terminallari ustav fondlaridagi ulushlarini baholash qiymati bo‘yicha topshirish hisobiga shakllantiriladi;
— paxta yog‘i ishlab chiqarish bo‘yicha – “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati, uning ustav fondi paxta yog‘i ishlab chiqaruvchi korxonalarni Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tarkibidan chiqargan holda ularning ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini topshirish hisobiga shakllantiriladi.
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining boshlang‘ich ustav kapitali tugatilayotgan “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining mulki, shuningdek, tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan birlashmalar – “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zpaxtaeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ aksiyalari paketlarining 100 foizini topshirish hisobiga shakllantiriladi.
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish bo‘yicha barcha tashkiliy tadbirlar kompleksini amalga oshirishdagi ishlarni muvofiqlashtirish va ko‘mak berish uchun ilovaga muvofiq tarkibda Hukumat komissiyasi tuziladi. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.
Batafsil8:00 |
O‘zbekiston jahon paxta eksportidagi ulushi 7 foiz bo’ladi.
O‘zbekiston 2015/16-yilgi mavsumda jahon paxta bozorida o‘zining 7 foizlik ulushini saqlab qoladi, ya’ni 500 ming tonna paxta tolasini eksport qiladi. Bu haqda“Daryo” nashri xabar beradi.
Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC) ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi bozorga paxta tolasini yetkazib berish bo‘yicha AQSh (29 foiz), Hindiston (16 foiz) va Pokiston (10 foiz) yetakchilikni saqlab qolmoqda. 2015/16-yilgi mavsumda jahon bo‘ylab paxta tolasi ishlab chiqarish hajmi 9,2 foizga — 23,9 million tonnagacha pasayadi, uning iste’moli esa 2 foizga — 25 million tonnagacha oshadi.
ICAC’ning dastlabki baholashlariga ko‘ra, paxta ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakat — Xitoyda talabning pasayishi va ayni vaqtda Braziliya, Hindiston va O‘zbekistonda paxta hosilining yuqori bo‘lishi munosabati bilan, 2015/16-yilgi mavsumda bir funt (450 gramm) paxtaning xalqaro narxi 67-68 sent miqdorida saqlanib qoladi.
“Hukumat paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va mavjud quvvatlarni oshirish hisobiga eksportni qisqartirish siyosatini maqsadli ravishda davom ettirmoqda”, — dedi konferensiya ochilishida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, “samarali logistika tizimi hamda optimal yo‘nalish va koridorlarning tanlanishi o‘zbek paxta tolasining o‘z vaqtida barcha iste’molchilarga yetib borishini ta’minlaydi”.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbek paxtasining joriy mavsumdagi asosiy xaridorlari yana Bangladesh (29 foiz), Xitoy (26 foiz), Janubiy Koreya (7 foiz) va Eron (5 foiz) bo‘ladi. “So‘nggi yillardagi o‘rtacha hosildorlikdan kelib chiqib, 2015-yilgi paxta hosilidan tola tayyorlash hajmi 1 million tonnaga yaqin bo‘ladi”, — dedi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi Farhod Omonov.
“O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015—2020-yillarda mamlakat yengil sanoat sohasi modernizatsiyasi uchun 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ yo‘naltiriladi. Dastur paxta tolasini mahalliy darajada qayta ishlashni joriy yildagi 44 foizdan 2020-yilda 70 foizga olib chiqishni, o‘z navbatida, tekstil mahsulotlari eksporti hajmini hozirgi 800 million dollardan 1,5 milliard dollarga ko‘tarishni nazarda tutadi.
O‘zbekistonda har yili 3,5 million tonnaga yaqin paxta xomashyosi va 1—1,2 million tonna paxta tolasi tayyorlanadi. So‘nggi 10 yil ichida paxta tolasining ichki iste’moli mamlakatda 15 foizdan 40 foizgacha oshdi.
Batafsil8:00 |
Islom Karimov paxtakorlar va mehnatkashlarni Davlat paxta rejasi bajarilgani bilan tabrikladi
“Eng muhimi, yetishtirilgan paxta hosili g‘oyat qisqa muddatlarda – 35—40 ish kunida yig‘ib-terib olingani, uning 90 foizi yuqori sortlarga topshirilgani kamdan-kam uchraydigan hodisa, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi”, — deya qayd etdi Islom Karimov.
“Bugungi xursandchilik kunda shartnoma majburiyatlarini birinchilardan bo‘lib bajargan Andijon, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, barcha viloyatlarimizning paxtakorlari mamlakatimizning yuksak xirmonini bunyod etishga munosib hissa qo‘shganini mamnuniyat bilan e’tirof etamiz”, — deyiladi tabrik xatida.
Prezident shu borada Amudaryo, Qorao‘zak, Paxtaobod, Buloqboshi, Olot, Romitan, Do‘stlik, Mirishkor, Kasbi, Qiziltepa, Mingbuloq, Namangan, Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo, Sirdaryo, Bo‘ka, Yuqorichirchiq, Beshariq, Yozyovon, Toshloq, Xiva, Yangiariq, Qo‘shko‘pir tumanlari 20—25 ish kunida rejani ado etib, ko‘pchilikka o‘rnak va namuna bo‘lganini alohida qayd etdi.