10:43 | 24 May 2016
TATUda dasturlash bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tdi
016-yilning 20—21-may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning hududiy filiallari va Toshkent shahridagi Inha universitetlari birinchi bosqich talabalari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha jamoaviy olimpiada” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ushbu musobaqa mamlakatda ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning faolligini oshirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash maqsadida uchinchi bor tashkil etildi.
Saralash natijalariga ko‘ra ikkinchi, final bosqichida Toshkent shahrining 13, Samarqand filialining besh, Urganch filialining ikki, Farg‘ona filialining uch va Toshkent shahridagi Inha universitetining bitta jamoasi qatnashdi.
Birinchi o‘rinni TATUning Tashkent U of IT 2 jamoasi, ikkinchi pog‘onani Tashkent U of IT 1 jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin Inha universiteti jamoasiga nasib etdi.