9:49 | 13 November 2015
Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq stavkasi ikkinchi shkala bo‘yicha 7,5 foizgacha kamaytiriladi
Kelasi yilda soliq solishning ikkinchi shkalasi (eng kam ish haqining bir barobaridan (+1 so‘m) besh barobarigacha) bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadlariga soliq stavkasini 8,5 foizdan 7,5 foizgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu O‘zbekiston davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutilgan, Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.
Shu bilan bir vaqtda, fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta to‘lovlari stavkasini 7 foizdan 7,5 foizgacha oshirish taklif etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalariniko‘rib chiqdi.