10:35 | 24 May 2016
Bojxona qo‘mitasi Yagona portalda yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “daryo.uz” xabar bermoqda.
Ushbu xizmat yordamida tadbirkorlik subyektlari — yuridik va jismoniy shaxslar mahsulotlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona tartibiga o‘tkazishga ruxsat berilishi yoki buning rad etilishi haqida sanasi hamda raqami ko‘rsatilgan bildiruv olishi mumkin.
Xizmat 15 kalendar kuni mobaynida bepul ko‘rsatiladi.