15:29 | 12 May 2016
O‘zbekistonlik talaba sayohatga sherik topishga yordam beradigan mobil dastur yaratdi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-kurs talabasi Shuhrat A’zamov o‘zi ishlab chiqqan yangi mobil dasturni taqdim etdi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
“Men ‘Dovezu.uz’ yangi mobil dasturini ishlab chiqdim, — dedi yosh ixtirochi. — Bu dastur birgalikda sayohat qilish uchun hamroh topishga yordam beradi”.
Eslatib o‘tamiz, yarmarkada namoyish etilayotgan yangiliklarning 130 tasi sanoat, 116 tasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarni hal etishga qaratilgan, 130 dan ziyod ishlanma va ilg‘or texnologiyalar sog‘liqni saqlash va farmatsevtika uchun mo‘ljallangan, 89 tasi axborot texnologiyalari, yana 34 tasi ilm-fan va ta’lim sohasidagi yangi dasturiy mahsulotlardir.