- Rishton paxta tozalash korhonasi - https://rishtonpaxta.uz -

Samarqand chorrahalarida yo‘l harakatini kuzatuvchi kameralar ish boshladi

Posted By admin On 02.11.2015 @ 08:35 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

Samarqand shahrining Bog‘ishamol ko‘chasidagi, Amir Temur haykali oldidagi chorrahalarga va Registon maydoni oldidagi ko‘cha bo‘ylab videokuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda [1].

Rossiyadan olib kelingan kuzatuv kameralarini keyinchalik shaharning yana yetti nuqtasiga, xususan, Mirzo Ulug‘bek, Oydin yo‘l, Gagarin va Rudakiy ko‘chalari chorrahalariga o‘rnatish rejalashtirilgan.

Qayd etishlaricha, kameralar yordamida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avariya holatlari oldini olish mumkin. Kameralar 300 metrgacha masofadan avtomobil ko‘rsatkichlarini qayd eta oladi.

Bundan tashqari, ushbu kameralar maxsus akkumlyatorga o‘rnatilgan bo‘lib, u elektr ta’minoti uzilgan vaqtda sakkiz soat davomida videokamera va svetoforlarning bir maromda ishlab turishini ta’minlaydi.


Article printed from Rishton paxta tozalash korhonasi: https://rishtonpaxta.uz

URL to article: https://rishtonpaxta.uz/samarqand-chorrahalarida-yol-harakatini-kuzatuvchi-kameralar-ish-boshladi/

URLs in this post:

[1] xabar bermoqda: http://www.12news.uz/news/2015/10/%D0%B2-%D1%81%D0%B0%D0%BC%D0%B0%D1%80%D0%BA%D0%B0%D0%BD%D0%B4%D0%B5-%D0%BD%D0%B0%D1%87%D0%B0%D0%BB%D0%B8-%D1%80%D0%B0%D0%B1%D0%BE%D1%82%D0%B0%D1%82%D1%8C-%D0%BA%D0%B0%D0%BC%D0%B5%D1%80%D1%8B-%D0%BD/

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.