Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligida Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Artyom Sinamdzgvrishvilining O‘zbekiston elchixonasi vakili bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi,deb yozadi “Review.uz”. Tomonlar O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari importini oshirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvda ta’kidlanishicha, 2015-yilda O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hajmi 2014-yilga nisbatan 10,6 foizga o‘sgan. Uchrashuv ishtirokchilari Rossiyada o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish va […]