- Rishton paxta tozalash korhonasi - https://rishtonpaxta.uz -

O‘zbekiston Rossiya bozoriga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshiradi

Posted By admin On 28.01.2016 @ 09:48 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligida Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Artyom Sinamdzgvrishvilining O‘zbekiston elchixonasi vakili bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi,deb yozadi [1] “Review.uz”. Tomonlar O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari importini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, 2015-yilda O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hajmi 2014-yilga nisbatan 10,6 foizga o‘sgan.

Uchrashuv ishtirokchilari Rossiyada o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish va o‘z mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berishni ko‘paytirish istagini bildirgan o‘zbek korxonalariga yordam berish mexanizmlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oluvchi, hamkorlikni rivojlantirishning dastlabki rejasini belgilab oldi.

Muzokaralar yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.


Article printed from Rishton paxta tozalash korhonasi: https://rishtonpaxta.uz

URL to article: https://rishtonpaxta.uz/ozbekiston-rossiya-bozoriga-qishloq-xojalik-mahsulotlarini-yetkazib-berish-hajmini-oshiradi/

URLs in this post:

[1] deb yozadi: http://daryo.uz

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.