- Rishton paxta tozalash korhonasi - https://rishtonpaxta.uz -

Koreya shifokorlari Farg‘onada aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi

Posted By admin On 01.11.2015 @ 08:38 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

Janubiy Koreyaning Vision Care Service xalqaro tashkiloti shifokorlaridan iborat delegatsiya 1—6-noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi [1] UzDaily.

Tashrif doirasida 800 dan ziyod kishiga tashhis qo‘yish, 100 kishiga kataraktani olib tashlash va ko‘z gavharini almashtirishdan iborat tibbiy amaliyotlar o‘tkazish, mahalliy oftalmolog-shifokorlarga mahorat saboqlari berilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur gumanitar tadbirlar Farg‘ona shahrida, viloyat ko‘z kasalliklari kasalxonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Article printed from Rishton paxta tozalash korhonasi: https://rishtonpaxta.uz

URL to article: https://rishtonpaxta.uz/koreya-shifokorlari-fargonada-aholini-tibbiy-korikdan-otkazadi/

URLs in this post:

[1] xabar beradi: http://www.uzdaily.uz/articles-id-26740.htm

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.