- Rishton paxta tozalash korhonasi - https://rishtonpaxta.uz -

31-oktabr va 1—2-noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Bu haqda, “O‘zgidromet”ga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Posted By admin On 29.10.2015 @ 14:16 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

31-oktabr kuni yomg‘ir yog‘ishi, 1—2-noyabr kunlari esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi soniyasiga 15—20 metrga yetishi prognoz qilinmoqda.

3-noyabr kuni mamlakatda yog‘ingarchilik kutilmayapti. Bu kunga kelib havo harorati kechasi Selsiy bo‘yicha -3…-5 darajagacha, kunduzi esa +5…+7 darajagacha soviydi. Mamlakat shimolida havo harorati kechasi -8…-10 daraja, kunduzi 0…+2 darajagacha sovishi kutilmoqda.

31-oktabr va 1—2-noyabr kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.


Article printed from Rishton paxta tozalash korhonasi: https://rishtonpaxta.uz

URL to article: https://rishtonpaxta.uz/31-oktabr-va-1-2-noyabr-kunlari-ozbekiston-boylab-yogingarchilik-bolishi-kutilmoqda-bazi-joylarda-yogingarchilik-kuchli-boladi-bu-haqda/

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.