- Rishton paxta tozalash korhonasi - https://rishtonpaxta.uz -

31-mart kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ish boshlaydi

Posted By admin On 28.03.2016 @ 15:50 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisi 2016-yil 31-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida, Senatning majlislar zalida ochiladi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi. [1]

Majlisda ishtirok etadigan Senat a’zolari 30-mart kuni soat 9:00 dan 18.00 ga qadar binoning foyesida ro‘yxatga olinadi.

Yalpi majlis to‘plash to‘g‘risidagi qaror Senat Kengashining 9-mart kuni o‘tkazilgan majlisida qabul qilingan edi. [2]

Senatning yalpi majlisida mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotini isloh qilish hamda liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunlar, jumladan, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar, ayrim idoralar va muassasalar hisobotlari, shuningdek, Senatning prokuratura organlari faoliyatini nazorat qiluvchi komissiyasi tarkibi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.


Article printed from Rishton paxta tozalash korhonasi: https://rishtonpaxta.uz

URL to article: https://rishtonpaxta.uz/31-mart-kuni-ozbekiston-oliy-majlisi-senatining-beshinchi-yalpi-majlisi-ish-boshlaydi/

URLs in this post:

[1] xabar berdi.: http://daryo.uz

[2] qabul qilingan edi.: http://daryo.uz/2016/03/28/31-mart-kuni-ozbekiston-oliy-majlisi-senatining-beshinchi-yalpi-majlisi-ish-boshlaydi/

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.