А A
20:41:56 17.10.2020 Shanba

16:31 | 18 November 2016

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining virtual qabulxonasi ish boshladi

Print Print
img_0857-680x510

Joriy yilning 17-noyabr kuni fuqaro (iste’molchi)larning murojaatlarini qabul qilishni samarali tashkil etish va ularga qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot va axborot bo‘limi xabar berdi.

Iste’molchilar tomonidan ariza, taklif va shikoyatlar Federatsiyaning internet tarmog‘idagi rasmiy www.istemol.uz veb-sayti orqali elektron (onlayn) qabul qilinib, belgilangan tartibda amaldagi qonunchilikka asosan ko‘rib chiqiladi.

Murojaatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri veb-sahifa yoki Federatsiya tizimida yagona “1091” ishonch telefoni orqali yo‘llash imkoniyati mavjud.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi (qisqacha ma’lumot)

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2002-yilda tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotidir. Bugungi kunda uning tizimida 14 ta hududiy birlashma, 193 ta tuman (shahar) jamiyati mavjud bo‘lib, mahalla, korxona, tashkilotlar va muassasalarda 5943 ta tayanch guruhi tashkil etilgan va ularga 506 719 kishi a’zodir.

Federatsiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, xususan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlari, boshqa qonunchilik aktlari va o‘z Ustavi asosida faoliyat yuritadi.

Federatsiyaning bosh maqsadi iste’molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilish uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki iste’mol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga zararli tovarlar sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirishdan iboratdir.

Federatsiya 1) uy-joy kommunal, 2) transport, 3) servis, 4) savdo va umumiy ovqatlanish, 5) aloqa va kommunikatsiya, 6) tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman (shahar) jamiyatlariga iste’molchilardan jami 7 641 ta murojaat (ariza, taklif va shikoyat)lar kelib tushgan.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 7 078 tasi ya’ni, 92,6% ijobiy hal etilishi natijasida, iste’molchilar foydasiga jami 2 862 710,1 ming so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Manba Daryo.uz

Телефон доверия

phone2

+998 73 238-52-60

October 2020
M T W T F S S
« Jan    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031