- Rishton paxta tozalash korhonasi - http://rishtonpaxta.uz -

Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq stavkasi ikkinchi shkala bo‘yicha 7,5 foizgacha kamaytiriladi

Posted By admin On 13.11.2015 @ 09:49 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

Kelasi yilda soliq solishning ikkinchi shkalasi (eng kam ish haqining bir barobaridan (+1 so‘m) besh barobarigacha) bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadlariga soliq stavkasini 8,5 foizdan 7,5 foizgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu O‘zbekiston davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutilgan, Bu haqda “Daryo” [1] nashri xabar beradi.

Shu bilan bir vaqtda, fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta to‘lovlari stavkasini 7 foizdan 7,5 foizgacha oshirish taklif etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalariniko‘rib chiqdi [2].


Article printed from Rishton paxta tozalash korhonasi: http://rishtonpaxta.uz

URL to article: http://rishtonpaxta.uz/jismoniy-shaxslar-daromadlariga-soliq-stavkasi-ikkinchi-shkala-boyicha-75-foizgacha-kamaytiriladi/

URLs in this post:

[1] “Daryo”: http://daryo.uz

[2] ko‘rib chiqdi: http://daryo.uz/2015/11/11/deputatlar-ozbekistonning-2016-yilgi-davlat-budjetini-qabul-qildi/

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.