YANGILIKLAR
15:50 | 28 March 2016
31-mart kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ish boshlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisi 2016-yil 31-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida, Senatning majlislar zalida ochiladi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi. Majlisda ishtirok etadigan Senat a’zolari 30-mart kuni soat 9:00 dan 18.00 ga qadar binoning foyesida ro‘yxatga olinadi. Yalpi majlis to‘plash to‘g‘risidagi qaror Senat Kengashining 9-mart kuni o‘tkazilgan majlisida qabul qilingan edi. […]
Batafsil15:48 | 28 March 2016
Fevral oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi o‘sdi
2016-yilning fevralida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi ancha shiddat bilan avj oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilingan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI)ga tayanib. Yilning ikkinchi oyida IFI 1122 punktni tashkil etdi (1000 dan yuqori belgi faollik o‘sganini, 1000 dan pasti esa tushganini ko‘rsatadi), bu tadbirkorlik faoliyatining jadalligi yanvarga nisbatan (944) 12,2 foizga oshganini […]
Batafsil10:18 | 22 February 2016
Yagona portalda soliq to’lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) olish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining yangi xizmati respublika fuqarolariga soliq to’lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) olish imkoniyatini beradi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimi matbuot xizmati xabar bermoqda. Ushbu xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻgʻrisida” va boshqa normativ-huquqiy aktlarga muvofiq joriy etilgan. Xizmatning natijasi boʻlib jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida […]
Batafsil10:14 | 22 February 2016
Islom Karimov Navro‘z bayramini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2016-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror imzoladi. Bu haqda Daryo xabar beradi. Qarorga muvofiq, 2016-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tashkil qilinadi va u Navro‘z bayramini Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida yuqori darajada o‘tkazishga qaratilgan […]
Batafsil9:48 | 28 January 2016
O‘zbekiston Rossiya bozoriga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshiradi
Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligida Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Artyom Sinamdzgvrishvilining O‘zbekiston elchixonasi vakili bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi,deb yozadi “Review.uz”. Tomonlar O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari importini oshirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvda ta’kidlanishicha, 2015-yilda O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hajmi 2014-yilga nisbatan 10,6 foizga o‘sgan. Uchrashuv ishtirokchilari Rossiyada o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish va […]
Batafsil